Qabrdagi xazina

10:22 25 Oktyabr 2019 Jamiyat
2141 0

Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda Madaniy meros departamenti Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Qoʻrgʻontepa tumanining Sultonobod qishlogʻida joylashgan “Sultonobod” qabristoniga ilmiy arxeologik ekspeditsiya uyushtirildi.

-Natijada bir qancha qabrdan nafis ishlangan koʻza va kosa kabi sopoldan yasalgan buyumlar topildi,-deydi Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi rahbari Ixtiyorjon Rasulov. -Tarix fanlari doktori, arxeolog Boqijon Matboboyev hamda tarix fanlari nomzodi, arxeolog Baxtiyor Abdullayevlarning taʼkidlashicha, ashyolarning ayrimlari Shoʻrabashot madaniyati (mil. avv. IV-I asrlar)ga taalluqlidir.

Qoʻlga kiritilgan ashyolar viloyat muzeyiga olib kelindi. 40 dan ortiq noyob buyumlar orqali ularning qaysi davrga mansubliligi oʻrganilmoqda.

Saminjon HUSANOV,
(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер