Putinni himoyalash uchun urush veteranlari karantinga joʻnatildi
Foto: rbc.ru
Harbiy parad chogʻida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yonida boʻladigan Ikkinchi jahon urushining saksonga yaqin veteranlari karantinga joʻnatilgan. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, ayni paytda veteranlar sanatoriyda qolmoqda. Bunday chora Rossiya prezidentini koronavirusdan himoyalash maqsadida qoʻllanilgan.
Eslatib oʻtamiz, Moskvadagi harbiy parad 24-iyun kuni boʻlib oʻtadi. Parad anʼanaviy ravishda 9-may kuni boʻlib oʻtishi kerak edi, biroq koronavirus epidemiyasi tufayli kechiktirishga toʻgʻri keldi.
Ayni damda Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 550 mingdan, ushbu infeksiyadan vafot etganlar soni 7 ming nafardan oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring