Vladimir Putinning O‘zbekistonga kelishi muhokama qilindi
Rossiyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Moskva shahrida “Primakov o‘quvlari” xalqaro forum ishida ishtirok etish doirasida bugun Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda qayd qilinishicha, uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya kun tartibidagi bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Avvalo Toshkent shahrida kuz oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin uchrashuvi kun tartibi yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.
Muzokaralarda Rossiya Prezidentining O‘zbekistonga bo‘lajak davlat tashrifi ittifoqlik va strategik sheriklikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash va rivojlantirish, unga aniq va uzoq muddatli tus berish uchun alohida ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Shuningdek, vazirlar tomonidan ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring