Putin Kommunarkaga nega borgani va har uch yo toʻrt kunda koronavirusga test topshirayotganini oshkor etdi

20:37 28 Iyun 2020 Dunyo
855 0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Rossiya 1” telekanalining “Moskva. Kreml. Putin” koʻrsatuvi efirida oʻzi koronavirusga topshirgan testlarining natijasi manfiy chiqayotganini va har uch kunda test topshirayotganini maʼlum qildi.

“Har uch yoki toʻrt kunda muntazam ravishda test topshiraman”, — degan RF prezidenti jurnalistlarning bu borada bergan savoliga javoban.

Testlarning javobi doim manfiymi, degan mazmunda berilgan savolga u: “Hozircha ha”, — deya javob qildi.

Putin intervyu davomida pandemiya davridagi masofadan turib ishlash tartibi haqida ham tushuntirish berdi.

“Darhaqiqat, maʼlum darajada bu sinov deya olaman, chunki menga odamlar bilan muloqot qilish yoqadi. Odamlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri suhbatdan ichki qoniqish hosil qilaman”, — deydi Vladimir Putin.

Putin Kommunarkadagi Qizil hudud kasalxonasiga borishini aytganida uni bu yoʻldan qaytarishga urinishganini ham oshkor etdi.

“Bu yoʻldan qaytarishga urinishgan, hatto hamma ushbu qarorga qarshi chiqqan. Xoʻsh, nega u yerga bordim? Avvalo, u yerda nima qanday joylashtirilgani, sharoit qandayligini oʻz koʻzim bilan koʻrishni xohladim. Hisobotlar orqali maʼlumot olish boshqa, oʻzing joyiga chiqib hammasi qandayligini koʻrish boshqa”, — deya qoʻshimcha qilgan u.

Eslatib oʻtamiz, Putin mart oyi oxirida Kommunarkadagi kasalxonaga borgan, u yerda bosh shifokor Denis Protsenko bilan uchrashgandi. Oradan bir necha kun oʻtgach Protsenkoda koronavirus aniqlangandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер