Putin Gʻalaba paradini kechiktirishga qaror qildi

20:39 16 Aprel 2020 Dunyo
1247 0

Arxiv surat

Vladimir Putin 9-may kuni boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan Gʻalaba paradini keyinga qoldirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“9-maydagi Gʻalaba paradi koronavirus pandemiyasi tufayli oʻtkazilmaydi”, dedi Vladimir Putin Xavfsizlik Kengashi aʼzolari bilan uchrashuvda.

Prezident kasallikning tarqalishi bilan bogʻliq xavf-xatarlar uni bayramga tayyorlik koʻrishga imkon bermasligini taʼkidlagan.

Davlat rahbarining soʻzlariga koʻra, barcha bayramlar, shu jumladan Gʻalaba kuni paradi va oʻlmas polkning namoyishi ham kechiktiriladi.

Rossiya rahbari 9-mayni barcha oila davrasida nishonlanishiga ishonch bildirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер