Propiska soʻzi muomaladan butunlay chiqarib tashlanadi

14:55 17 Fevral 2020 Jamiyat
972 0

Oʻzbekistonda propiska soʻzi amaldan chiqarilib, oʻrniga “qayd etish“ soʻz birikmasi ishlatiladi. Bu haqda Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Ikramov Aziz Xalqaro press-klub yigʻilishida maʼlum qildi.

“Propiska — eskidan qolib ketgan tizim. 2011-yildan hozirga qadar Toshkent viloyatida 76 mingdan ziyod fuqaro, Toshkent shahrida esa 200 ming fuqaro doimiy propiskaga oʻtgan. Endilikda propiska soʻzi amaldan chiqarilib, oʻrniga “qayd etish“ soʻz birikmasi ishlatiladi”, deya gapirib oʻtdi Ikramov.

Eslatib oʻtamiz, 1-apreldan boshlab Oʻzbekistonning barcha hududi fuqarolari Toshkent shahridan uy sotib olish huquqiga ega boʻlishini taʼminlash davlat dasturiga kiritilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер