Prokuror maktabda  dars oʻtdi

12:59 03 Dekabr 2021 Jamiyat
962 0

Foto: "Xalq so'zi"

Fargʻona viloyati Yozyovon tumani prokurori, ikkinchi sektor rahbari Ilhomjon Xodjayev tumandagi 36-ixtisoslashgan davlat umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchilariga ochiq dars oʻtdi.

Maʼlumki, mamlakatimizda har yili 8-yanvar — prokuratura idoralarining kasb bayrami sifatida nishonlanadi. “Oʻzbekistonda prokuratura  organlarining shakllanish tarixi” mavzusidagi dars mashgʻulotida ushbu soha vakillarining sharafli, shu bilan birga mashaqqatli mehnat faoliyati, jamiyatda qonun ustuvorligining ahamiyati xususida prokuror oʻz kasbiy tajribasidan kelib chiqqan holda atroflicha maʼlumot berdi.

— Oʻquvchi-yoshlarni yuksak huquqiy madaniyat va qonunga hurmat ruhida tarbiyalashda bu kabi noanʼanaviy darslarning oʻrni beqiyos, — deydi Yozyovon tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Azimjon Xudoyqulov. — Bugungi dars jarayonida ham oʻquvchilar bu borada oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tumanda ikkinchi sektor faoliyati, xususan, voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilik, huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar bilan ham batafsil tanishdilar.

                                                  Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.  

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер