Prokuror eski ish joyiga qaytdi
Bahriddin Valiyev isteʼfoga chiqqan Sherzod Obloqulov oʻrniga Toshkent shahar prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrugʻiga asosan 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi Valiyev Bahriddin Bahodirovich Toshkent shahar prokurori lavozimiga tayinlangan.
B.Valiyev tayinlovga qadar Buxoro viloyati prokurori lavozimida ishlagan. Undan oldin esa Valiyev aynan Toshkent shahar prokurori lavozimida ham faoliyat olib borgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring