Prokuratura organlariga ishga joylashtirish evaziga 30 ming AQSH dollari talab qilgan shaxs qoʻlga olindi

20:03 04 Aprel 2021 Jamiyat
1086 0

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ichki xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda fuqaro I.E.ning arizasi asosida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Muallif Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasiga murojaat qilib, arizasida “Nosir” ismli shaxs mansabdor yaqinlari orqali tanishi A.E.ni prokuratura organlariga ishga joylashtirish evaziga jami 30.000 AQSH dollari talab qilib, ushbu pullar hisobidan 5000 AQSH dollarini oldindan berishni soʻraganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Mazkur murojaat yuzasidan 2021-yil 4-aprel kuni oʻtkazilgan tadbirda 2 nafar fuqaro Chilonzor tumanida joylashgan “Denov” choyxonasida ariza muallifi I.E.dan 5000 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura maʼlum qildi.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Gumondor shaxslar protsessual tartibda ushlandi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер