“Prezident sovgʻasi”ning dastlabki karvoni hududlarga joʻnatildi
Foto: Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati
Bugun poytaxtimizdagi “CRAFERS” qandolatchilik fabrikasida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yoʻlida qurbon boʻlgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun moʻljallangan “Prezident sovgʻasi”ni qadoqlash, bezash va hududlarga joʻnatish jarayonlariga doir tadbir boʻlib oʻtdi.
3 dan 15 yoshgacha boʻlgan 10 ming nafar bolaga moʻljallangan “Prezident sovgʻalari” tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bolalarga yoʻllangan Yangi yil bayrami tabrigi, 14 turdagi shirinliklar, 3 turdagi oʻquv qurollari, elektron kitob, termos va shaxmat jihozlari kiritilgan.
Bugun mazkur “Prezident sovgʻasi”ning dastlabki karvoni Toshkent shahridan joʻnab ketdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring