“Prezident sovgʻasi” Samarqandga ham yetib keldi

13:28 29 Dekabr 2020 Jamiyat
973 0

Samarqanddagi mehribonlik uyi va “SOS” bolalar mahallasi tarbiyalanuvchilari, ona Vatanimiz sarhadlarini mardonavor himoya qilish, tinchligimizni taʼminlashda jasorat koʻrsatib, jonlarini fido qilgan yurt oʻgʻlonlarining bolalari hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun Yurtboshimizning eʼtibor va gʻamxoʻrlik namunasi boʻlgan “Prezident sovgʻasi” Samarqandga ham yetib keldi.

Samarqand viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi axborot xizmatining xabariga koʻra, 825 nafar bolajonlar uchun atalgan ushbu sovgʻalarning 212 tasi ertaga, 30-dekabr kuni 1-mehribonlik uyi va “SOS” bolalar mahallasi tarbiyalanuvchilariga bayram tadbirida topshiriladi. Sovgʻalarning asosiy qismi bolalarning xonadonlariga olib borib beriladi.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер