Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga rasmiy tashrifi davom etmoqda

15:50 21 Oktyabr 2022 Siyosat
763 0

Foto: president.uz

Kunning birinchi yarmida Ashxobodda davlatimiz rahbari turkmanistonlik hamkasbi bilan birinchi tor doirada, soʻng kengaytirilgan tartibda juda mahsuldor muzokaralar oʻtkazdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Oʻzbekiston-Turkmaniston munosabatlarining kun tartibidagi masalalarning keng doirasi: siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-logistika, madaniy-gumanitar hamkorlik muhokama qilindi.

Yakunda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi Strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish toʻgʻrisida deklaratsiya va oʻndan ortiq ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

Jumladan, yangi deklaratsiyada oʻzaro munosabatlarning bugungi holatiga yuksak baho berilgan, turli sohalardagi ikki tomonlama sheriklikni va xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashga intilish har doimgidek qatʼiyligi, Oʻzbekiston-Turkmaniston munosabatlari chuqur siyosiy ishonchga asoslangani qayd etilgan. Parlamentlararo muloqotni faollashtirish, xavfsizlik, qishloq xoʻjaligi sohalarida hamkorlikni yangi surʼat bilan davom ettirish, mamlakatlarimiz yuk tashuvchilari, hududlar oʻrtasidagi aloqalar uchun qulay sharoit yaratishga kelishib olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер