Prezident Shavkat Mirziyoyev Agraga keldi

14:26 30 Sentyabr 2018 Siyosat
1796 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovindning taklifiga binoan 30 sentyabr kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga keldi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbari dastlab Agra shahriga tashrif buyurdi. Oʻzbekiston delegatsiyasi aeroportda tantanali kutib olindi.

Prezidentimiz bu yerda jahonga mashhur Toj mahal obidasini borib koʻradi.

Davlat tashrifi doirasidagi asosiy tadbirlar ertaga Nyu-Dehli shahrida boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер