Prezident Samarqand barcha sohada namunaviy viloyat boʻlishi shartligini qayd etdi

17:01 18 Mart 2026 Siyosat
250 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Narpay tumanida oʻtkazilayotgan yigʻilishda Samarqand ishsizlik, kambagʻallik, investitsiya, eksport masalalari, umuman, barcha sohada namunaviy viloyat boʻlishi shartligi qayd etildi.

“Biz Vatanimiz kuch-qudratini oshirish, har bir oila va har bir insonning hayotini yaxshilash boʻyicha yanada katta marralarni olganmiz. Bugun hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni koʻrib, bunga yana bir bor ishonch hosil qildim.

Ayni paytda shuni yaxshi anglashimiz kerak, endi kechagi harakat bugunga, bugungisi esa ertangi kun talabiga kamlik qiladi. Shu bois, belgilab olgan marralarga erishish uchun yanada samarali harakat qilishimiz zarur”, dedi davlatimiz rahbari.

Viloyatda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash uchun 100 million dollar, Urgut tumanining oʻziga yana 50 million dollar ajratildi. Umuman, viloyatga barcha manbalar hisobidan 11 trillion soʻm yoʻnaltirilmoqda. Tadbirkorlarga kredit uchun yana 18 trillion soʻm resurs berilmoqda.

Yigʻilishda hajmi jihatidan bu miqdordagi mablagʻ har qachongidan koʻra koʻproq ekanligi koʻrsatib oʻtildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер