“Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Gʻalabaning 75 yilligini nishonlash uchun Moskvaga boradi” — Ilhom Neʼmatov

16:15 26 Dekabr 2019 Siyosat
1747 0

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov RIA Novosti agentligi muxbiriga intervyu berdi. Unda Oʻzbekiston — Rossiya oʻrtasidagi hamkorlik, oʻzaro yangi loyihalar, mamlakatimizning qoʻshni davlatlar, xususan, Afgʻoniston bilan munosabatlari, xalqaro integratsiya masalalariga toʻxtalib oʻtdi. Shular bilan bir qatorda Oʻzbekistonning Ikkinchi Jahon urushi natijalariga nisbatan munosabati oʻzgarganini taʼkidlab oʻtdi. Xususan, muxbir tomonidan “Maʼlumki, Shavkat Mirziyoyev ham Rossiya prezidentidan 9-may Gʻalaba kunini Moskvada nishonlash uchun taklifnoma oldi. Ushbu taklif qabul qilindimi?” degan savoliga u shunday javob berdi:

– Prezidentimiz sharofati bilan Oʻzbekistonning bu urush natijalariga nisbatan munosabati toʻliq oʻzgardi. Agar oldinlari xotira yodgorliklari keraksiz joylarga koʻchirilgan boʻlsa... Hozir esa Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 75 yilligini nishonlash uchun juda katta tayyorgarlik ishlari ketyapti. Biz uch yildan beri 9-mayni keng miqyosda nishonlamoqdamiz. Biz markazda Gʻalaba bogʻini barpo etyapmiz. 
Tabiiyki, bu yerda bayram nishonlanadi.

Men Vladimir Vladimirovich Putindan taklifnoma borligini bilaman. Oʻsha yerda hamma yigʻiladi. Oʻylashimcha, davlatimiz rahbari ham u yerga boradi. Taklifnoma bor, albatta, ushbu taklif qabul qilingan.

– Yaʼni, prezident Moskvaga keladi, shundaymi?

– Ha, 9-mayda oʻsha yerda boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер