Prezident ikki kunlik tashrif bilan Samarqandga boradi

10:20 18 Mart 2026 Siyosat
323 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 18-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Maʻlum qilinishicha, ikki kunlik safar davomida joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, sanoat, qishloq xoʻjaligi, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish, yangilarini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, davlatimiz rahbari Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha navbatdagi ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер