Prezident hokim yordamchilarining qoʻshimcha 3 million turist jalb qilish tashabbusini bildirayotganini qayd etdi
Foto: president.uz
Prezident raisligida turizm xizmatlari koʻlamini kengaytirish va infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Davlatimiz rahbari Romitan tumanidagi «Buxoro oazis», Pop tumanidagi Chodak va Samarqand tumanidagi Konigil qishloqlarida tashkil etilgan majmualarning ichki turizmni rivojlantirishdagi ijobiy natijalarini qayd etdi.
Bunday loyihalarni Angrendagi Lashkarak, Parkentdagi Kumushkon, Shahrisabz tumanidagi Gʻyelon, Suvtushar, Kitobdagi Jovuz, Varganza va Bashir, Chiroqchidagi Taragʻay va Langar, Xoʻjaoboddagi Imom ota, Nurotadagi Sentob, Zomindagi Duoba, Fargʻona tumanidagi Satkak qishloqlarida ham amalga oshirish boʻyicha koʻrsatma berdi.
Bundan tashqari, hokim yordamchilari 85 ta mahallada yoʻl, elektr, ichimlik suvi, aloqa masalalari hal qilib berilsa, 100 million dollarlik loyihalarni amalga oshirishi va kamida qoʻshimcha 3 million turist jalb qilish tashabbusini bildirayotgani qayd etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring