Prezident barcha biznes jarayonlarini hamda aholi uchun eng zarur xizmatlarni toʻliq raqamlashtirib, oʻzaro integratsiya qilish vazifasini qoʻydi

18:38 22 Fevral 2023 Siyosat
911 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida raqamlashtirish boʻyicha 2023-yilgi vazifalar va rejalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Oʻtgan yilda maktablar, FHDY, ichki ishlar idoralari va bogʻchalarning maʼlumot bazalari integratsiya qilingani  hisobiga 350 milliard soʻm iqtisod qilindi.

Sogʻliqni saqlash, sport, kollej va oliygohlar, madaniyat sohalarining maʼlumotlar bazasini toʻliq ishga tushirish  va bir-biriga integratsiya qilish orqali kamida 1 trillion soʻm mablagʻni iqtisod qilish mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.

Bundan buyon raqamlashtirish hisobiga iqtisod qilingan mablagʻlarning 50 foizi ITni rivojlantirish uchun vazirlik  va hokimliklarga qaytarib berilishi belgilandi.

Taʼkidlanganidek, Raqamlashtirish vazirligining asosiy vazifasi loyihalarni boshida koʻrib, maʼqullash emas,  ularni ishga tushirishga yordam berish va foydalanishga qabul qilish, dasturlarning kelgusida samarali  ishlatilishi va natijadorligini nazorat qilib, vazirliklar va hududlarning reytingini yuritish boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер