Prezident Abu-Dabiga joʻnab ketdi

17:01 15 May 2022 Siyosat
896 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni Birlashgan Arab Amirliklariga joʻnab ketdi.
Davlatimiz rahbari 13-may kuni uzoq davom etgan xastalikdan soʻng vafot etgan Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon vafoti munosabati bilan taʼziya marosimida ishtirok etadi.

Tashrif doirasida kuni kecha BAA Oliy kengashi tomonidan mamlakat Prezidenti etib saylangan Abu Dabi amiri Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazish ham rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер