Portugaliyadagi teleradiokompaniyaning 50 terabaytlik korporativ maʼlumotlari xakerlar tomonidan oʻgʻirlandi
Foto: Arxiv surat
Portugaliyadagi eng mashhur gazetalaridan biri "Expresso" va mamlakatdagi eng yirik "Impresa" media guruhiga tegishli "SIC" teleradiokompaniyasining veb-saytlariga kirish imkoni cheklangan.
"Lapsus$" nomli xakerlar guruhi ushbu nashrlarga kiberhujum uyushtirib 50 terabaytlik korporativ maʼlumotlarini oʻgʻirlaganliklarini maʼlum qilgan.
Maʼlumot oʻrnida oʻtgan oy xuddi shu guruh Braziliya Sogʻliqni saqlash vazirligi veb-saytlarini buzib kirib, bir nechta tizimlarni jumladan, raqamli emlash sertifikatlarini berish tizimini qoʻlga kiritishgan.
Bu haqida ommaviy axborot vositalari xabar bergan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring