Portugaliya terma jamoasi JCH mezbonini magʻlub etdi
Bugun, 1-aprel kuni Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionati mezbonlaridan biri Amerika Qoʻshma Shtatlari terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazdi.
Uchrashuv 2:0 hisobida Portugaliyaning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 37 daqiqada Fransisko Trinkao tomonidan ochildi. Birinchi boʻlim 1:0 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 59 daqiqasida Portugaliya termasi oʻyindagi ikkinchi golini kiritdi. Ushbu golga Joao Feliks mualliflik qildi.
Shu tariqa Portugaliya termasi oʻrtoqlik uchrashuvida gʻalaba qozondi. Terma jamoa yetakchisi Krishtianu Ronaldu jarohati sababli ushbu oʻyinda maydonga tushmadi.
Eslatib oʻtamiz, Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionatida Oʻzbekiston bilan bitta guruhdan oʻrin olgan. Ushbu terma jamoalar orasidagi oʻyin 23-iyun kuni boʻlib oʻtadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring