Portugaliya terma jamoasi Meksika bilan durang oʻynadi

13:47 29 Mart 2026 Sport
512 0

Mart oyidagi FIFA kunlari doirasida koʻplab mamlakatlarning terma jamoalari oʻrtoqlik oʻyinlarida ishtirok etmoqda. Bugun, 29-mart kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqibi Portugaliya terma jamoasi Meksika bilan oʻyin oʻtkazdi.

Mexiko shahrida oʻtgan bahs 0:0 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi. Uchrashuvda har ikki jamoa asosiy tarkibi bilan oʻynadi. Faqatgina Portugaliya terma jamoasi yulduzi Krishtianu Ronaldu jarohati tufayli maydonga tusha olmadi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati doirasida Portugaliyaga qarshi boʻlib oʻtadigan oʻyini 23-iyun kuni boʻlib oʻtadi. Bahsga Xyuston shahridagi “NRG” stadioni mezbonlik qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер