Portugaliya havo qatnovidagi cheklovlarni 16-mayga qadar uzaytiradi
Portugaliya koronavirus tarqalishi tufayli yomon epidemiologik vaziyatga ega bir qator mamlakatlardan havo qatnovlaridagi cheklovlarni 16-mayga qadar uzaytirdi.
Bu haqda mahalliy OAV mamlakat ichki ishlar vazirligiga tayanib xabar bermoqda.
Unga koʻra, soʻnggi 14 kun ichida kuniga 100 ming aholiga 500 dan ortiq yangi holat aniqlangan davlatlardan, shu jumladan, Janubiy Afrika Respublikasi, Braziliya va Hindistondan Portugaliyaga kirish toʻxtatildi.
Bunday davlatlarning fuqarolari Portugaliya hududiga faqat sanoat zarurati tugʻilganda yoki tibbiy sabablarga koʻra kirishlari mumkin. Ular mamlakatga kirib kelishi bilan ikki haftalik karantindan oʻtishlari shart.
Shuningdek, uzrli sabablarga koʻra 100 ming aholiga kamida 150 yangi kasallik qayd etilayotgan mamlakatlar fuqarolari Portugaliyaga kirishlari mumkin. Barcha yoʻlovchilar kelishidan 72 soat oldin koronavirusga testdan oʻtgan boʻlishi va unda kasallik aniqlanmagan boʻlishi shart. Istisnolar faqat ikki yoshgacha boʻlgan bolalar uchun qoʻllaniladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring