Pompeo Xitoyga qarshi koalitsiya tuzmoqchi

13:32 22 Iyul 2020 Dunyo
1051 0

AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo Londonga boʻlgan tashrifi chogʻida Xitoy Kommunistik Partiyasi haqida tanqidiy fikrlar bildirdi va mamlakat rahbariyatining koronavirus pandemiyasiga munosabatini “kechirib boʻlmas xato” deb atadi. Shu bilan birga u Xitoyning Gonkong borasidagi siyosatini ham qoraladi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson bilan suhbatda Pompeo Gʻarb va Xitoy oʻrtasidagi ziddiyatlar haqida suhbatlashdi. Oʻz nutqida Pompeo erkinlik va demokratiyani anglaydigan har bir davlatni Xitoy xatariga qarshi turishga chaqirdi.

"Umid qilamanki, Xitoy xatariga qarshi tura oladigan koalitsiya tuza olamiz,ʼʼ dedi Pompeo.

Bir necha kun avval Xitoyning Buyuk Britaniyadagi elchisi Qirollikni ikki tomonlama munosabatlarni buzmaslikka chaqirgan. Agarda munosabatlar buzilsa, Buyuk Britaniya bunga javob berishga tayyor turishi kerakligini aytgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер