Pomidorni asalarilar changlatmoqda

12:25 09 Fevral 2021 Iqtisodiyot
948 0

Andijon viloyati Buloqboshi tumanida tashkil etilgan “Nektar agro” MCHJga qarashli 2 gektar maydondagi issiqxonada parvarishlanayotgan pomidor hosili yigʻishga tayyor holga keldi.

— Koʻchat gidroponika usulida parvarishlanadi, — deydi ish yurituvchi Maʼrufjon Valiyev. — Ekinlarni sugʻorish va mineral ozuqa bilan taʼminlash maxsus moslama orqali bajariladi. 20 nafar ishchilarimiz ayni paytda hosilni yigʻish bilan band.

Muhim jihati, koʻchat gullaganda uni changlatish tabiiy ravishda amalda oshirilmoqda. Buning uchun xorijdan asalarilar olib kelindi. Ular, garchi, bir oy umr kechirsa-da, korxona uchun katta daromad manbaini yaratishga ulguradilar.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер