“Polvontosh” obod mahallaga aylanmoqda
Foto: Халқ сўзи
Andijon viloyatida hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash maqsadida har bir mahallada oʻrganish ishlari olib borildi. Natijada 72 ta mahalla sharoiti ogʻir hudud, deb baholandi. Hozirda ularda infratuzilmani yaxshilash, fuqarolarni doimiy daromad manbaiga yoʻnaltirish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Marhamat tumanidagi 8 ta mahallada obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bugun avj pallada.
— Birgina “Polvontosh” mahallasining oʻzida 5 kmdan iborat ichki yoʻllarni shagʻallash, 2,5 km masofaga ichimlik suvi tarmogʻini tortish ishlari boshlab yuborildi, — deydi tuman hokimi oʻrinbosari Isroil Teshaboyev. — Bundan tashqari hududda elektr energiyasi taʼminoti sifatini yaxshilash maqsadida yangi transformator oʻrnatilib, 47 ta eski simyogʻochlar yangisiga almashtirilyapti.
Hududlarni kompleks rivojlantirish boʻyicha tuzilgan maxsus ishchi guruhi tomonidan mahalladagi har bir oila ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli atroflicha oʻrganilib, zarur hollarda daromadga yoʻnaltirish ishlari ham tashkil etilmoqda. Natijada aksariyat ishsiz fuqarolar doimiy ish joyi bilan taʼminlanayotgan boʻlsa, baʼzi mahalladoshlar uy sharoitida mablagʻ ishlab topish koʻnikmasiga ega boʻlyapti.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring