Polsha oʻq-dorilar ishlab chiqarish boʻyicha Yevropada yetakchiga aylanib oldi

00:17 17 Avgust 2023 Dunyo
1324 0

Foto: PAP

Polshaning PGZ harbiy konserni oʻq-dorilar ishlab chiqarish boʻyicha Yevropada yetakchiga aylanib olgan. Bu haqda konsern rahbari Sebastyan Xvalek "PAP" agentligiga bergan intervyusida maʼlum qildi.

“Ishonchim komilki, biz nafaqat Yevropa oʻq-dorilar bozorida yetakchi boʻlish imkoniyatiga egamiz, balki allaqachon bu borada yetakchimiz”, — dedi u. Xvalekning qoʻshimcha qilishicha, bu ichki bozor boʻyicha Yevropa komissari Terri Bretonning Polshaga tashrifi bilan tasdiqlangan. Terri Breton shu yilning mart oyida oʻq-dorilar ishlab chiqaruvchi Yevropa mamlakatlariga tashrif buyurgan edi.

Konsern rahbarining aytishicha, Breton tashrif chogʻida Polsha eng yirik ishlab chiqarish quvvatlaridan biriga ega ekanligini va Yevropa Ittifoqi xaridlari uchun oʻq-dorilarni yetkazib berishda muhim rol oʻynashini taʼkidlagan.

Avvalroq, Polsha mudofaa vaziri Mariush Blashchak ikki yil ichida mamlakat quroli kuchlari Yevropadagi eng kuchli armiyaga aylanishini bildirgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер