Poliklinika zamonaviy shifo maskaniga aylandi
Kogon tumani Bahouddin Naqshband mahallasidagi oilaviy poliklinika binosi zamonaviy qiyofaga ega boʻldi. Shuningdek, u davlat tibbiy xizmatlari raqamlashtirish tizimiga ulandi.
Buni alohida taʼkidlashimiz bejiz emas. Yagona platformaga ulangan holda bemorlarni roʻyxatga olish, maʼlumotlarni raqamlashtirish kasallik tarixini kuzatishni osonlashtiradi. Profilaktika tadbirlari qamrovini kengaytiradi. Qogʻozbozlikni kamaytirib, bemorlarga qulaylik yaratadi. Shifokorlar faoliyatida esa shaffoflikni taʼminlaydi. Vaqt ham tejaladi.

Shifo maskani binosiga kelsak, u bundan 22 yil muqaddam qurilgan boʻlib, tashqi taʼsirlar oqibatida taʼmirtalab holga tushgandi. Inshoot OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida mukammal taʼmirlandi. Shu maqsad uchun 650 million soʻm mablagʻ sarflandi. Natijada 44 nafar xodim ishlayotgan oilaviy poliklinika shu kun talabi darajasidagi shifo maskaniga aylandi. Yaratilgan qulayliklar shifokorlarning samarali faoliyat yuritishlariga imkon beradi. Boshqacha aytganda, yangilangan binoda yangicha ishlash hayotiy zaruratga aylandi.
Poliklinika jamoasi zimmasiga hududdagi 22 ta qishloqda istiqomat qiluvchi 12 mingdan ziyod aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish masʼuliyati yuklangan.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring