Pokistondagi temir yoʻl halokati qurbonlari soni 30 kishiga yetdi, 80 ga yaqin kishi jarohat oldi

12:10 07 Avgust 2023 Dunyo
624 0

Kecha Pokiston janubi-sharqida poyezdning relsdan chiqib ketishi oqibatida  30 kishi halok boʻldi.

Turkiyaning “Anadolu”  axborot agentligi maʼlumotiga koʻra, yana kamida 80 kishi jarohat olgan.

Pokistonning Sind provinsiyasi, Karachidan 275 kilometr uzoqlikdagi Navabshoh shahri yaqinida 10 ta vagon relsdan chiqib ketdi. Voqea joyida qutqaruv guruhlari va harbiylar ishlamoqda. Tumandagi tibbiyot muassasalarida favqulodda holat eʼlon qilingan. Ushbu yoʻnalishda poyezdlar harakati toʻxtatildi.

Poyezd halokati sabablari hozircha nomaʼlum.

Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Qurbonlar soni ortishi ehtimoli bor, deyila  “Anadolu” xabarida.

Oʻzbekiston elchixonasidan  olingan maʼlumotlarga koʻra, Pokistondagi temir yoʻl halokati oqibatida halok boʻlganlar va jarohatlanganlar orasida mamlakatimiz fuqarolari yoʻq. Vaziyat diplomatlarimiz nazorati ostida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер