“Poyjoʻy” suv inshooti foydalanishga topshirildi

12:02 18 Aprel 2022 Jamiyat
957 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

Romitan tumanida “Obod qishloq” davlat dasturi asosida barpo etilgan “Poyjoʻy” suv inshooti hududida 2 ta 500 metr kub hajmdagi suv rezervuari, 1 ta nasos stansiyasi qurilib, 7 ta suv nasos uskunasi va 2 ta transformator oʻrnatildi.

Mazkur suv inshooti Qoqishtuvon, Obidxoʻja, Shavgon, Qushchi, Shodmin, Nalbandon qishloqlarining 8 ming nafardan ziyod aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlaydi.

Yil yakuniga qadar inshoot orqali 20 ming nafarga yaqin aholini hamda Peshku va Romitan tumanlaridagi 2 ta agromintaqani uzluksiz toza ichimlik suvi bilan taʼminlash koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер