Toshkentda boks boʻyicha kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati start oldi
Bugun, 8-dekabr kuni Toshkent shahrida boks boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boshlandi.
Musobaqada 350 nafar bokschi (erkaklar — 286, ayollar — 64) sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bormoqda.
Bugun soat 17:00 da musobaqaning ochilish marosimi boʻlib oʻtadi. Qayd etish lozimki, Oʻzbekiston chempionatida ilk marotaba xorijdan 8 nafar neytral hakam faoliyat olib bormoqda.
Maʼlumot uchun, bahslar Taekvondo WT assotsiatsiyasiga qarashli “Universal” sport saroyida oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring