Poytaxtdagi oliy taʼlim muassasalarida “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunning ijrosi oʻrganildi

16:12 16 Mart 2026 Siyosat
297 0

Oliy Majlis Senatining 2026-yilgi ish rejasiga muvofiq Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi tomonidan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunining rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlashga oid qismining Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasalarida ijro etilishi holati oʻrganildi.

Joriy yil 16-mart kuni Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Burxonov boshchiligida Mudofaa va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirliklari, Harbiy prokuratura vakillari hamda ekspertlar ishtirokida tuzilgan ishchi guruhi aʼzolari Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining Harbiy tayyorgarlik oʻquv markaziga hamda Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetining Harbiy taʼlim fakultetiga tashrif buyurishib, rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Oliy taʼlim muassasalarining talabalarini harbiy tayyorgarlikka saralash tadbirlarining tashkil etilishi, harbiy tayyorgarlik boʻyicha talabalarga qurol aslahalar va harbiy texnikalardan foydalanishini oʻrgatish, jismoniy tayyorgarligini oshirish, taktik tayyorgarligi, muhandislik, harbiy topografiya va ommaviy qirgʻin qurollaridan himoyalanish mashgʻulotlarining oʻtkazilishi boʻyicha olib borilayotgan ishlar shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, ishchi guruhi aʼzolari oliy taʼlim tashkilotlarida harbiy taʼlim boʻlinmalari shtat jadvalini shakllantirishda pedagogik lavozimlar va harbiy shtat birliklari oʻrtasida uzviylik taʼminlanganligi, oʻquv moddiy-texnik bazasining toʻliq jihozlanganligi bilan bogʻliq masalalarga alohida eʼtibor qaratishdi.

Oʻrganish jarayonida harbiy tayyorgarlikni sifatli tashkillashtirish, taʼlim sifatini yaxshilash, nazariy olingan bilimlarni amaliyotda mustahkamlash zarurligi yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Oʻrganish natijalari Qoʻmita majlisida muhokama qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?