Poytaxtda 4 ming dollar olib, oʻrniga qalbaki pul qaytargan firibgar ushlandi
Toshkent shahrida fuqaroning 4 ming AQSH dollarini qoʻlga kiritib, keyinchalik oʻrniga soxta AQSH dollari qaytargan shaxs ushlandi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida muqaddam sudlangan fuqaro R.T. tanishi fuqaro M.X.ning ishonchiga kirib, unga 4 tonna pomidor yetkazib berishi evaziga 4 ming AQSH dollarini qoʻlga kiritib, oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Shundan soʻng, ushbu pullarni qaytarmaslik maqsadida 100 AQSH dollarlik kupyuradagi qalbaki 4 ming AQSH dollarini berganligi fosh qilingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring