Plyaj va basseynlar faoliyatiga ruxsat berildimi?

08:02 14 Iyun 2020 Jamiyat
1519 0

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qaroriga muvofiq plyajlar faoliyatiga “yashil” va “sariq” hududlarda, basseynlarga esa faqat “yashil” hududlarda ruxsat berilgan. Bunda basseyn maʼmuriyati quyidagilarni taʼminlashi lozim:

* basseyn hududi doimiy ravishda dezinfeksiya qilinishi;

* xodimlarda pirometrlar, antiseptik vositalar va kirish-chiqish joylarini dezinfeksion “toʻshak”lar bilan jihozlash;

* xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qoʻlqoplardan foydalanishi;

* ijtimoiy masofani saqlashi;

* qoʻllarni antiseptik vositalar bilan zararsizlantirib turish;

* suv ichish uchun bir martali idishlardan yoki 0,5 litr sigʻimli idishdagi qadoqlangan suvdan foydalanish;

* ishlatilgan niqoblar, salfetkalar, qoʻlqoplar va boshqa chiqindilarni ochiq holda qoldirmaslik, maxsus chiqindi qutilariga tashlash;

* har bir fuqaroning tana haroratini oʻlchab, 37°S va undan yuqori, infeksiya alomatlari mavjud hamda tibbiy niqobda boʻlmagan hollarda kiritmaslik choralarini koʻrish;

- quruq yoʻtal, isitma, oʻzini noxush his qilish va shu kabi alomatlar kuzatilsa darhol “103”ga qoʻngʻiroq qilish talab etiladi;

Shuningdek, ijtimoiy masofani taʼminlash imkoniyati boʻlmagan jamoaviy sport tadbirlari oʻtkazilmaydi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер