PlayStation 5 butun dunyo boʻylab qimmatlashadi

10:52 28 Mart 2026 Dunyo
219 0

Sony kompaniyasi butun dunyo boʻylab PlayStation 5 narxlari oshishini eʼlon qildi, tegishli maʼlumot kompaniya saytida taqdim etilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, konsollarning chakana narxi 2-apreldan boshlab oʻzgaradi.

Shunday qilib, PS5 ning bazaviy versiyasi avvalgi 549,99 dollar oʻrniga 649,99 dollar boʻladi. Diskovodsiz model (Digital Edition) 599,99 dollar (ilgari 499,99 dollar edi) turadi. PlayStation 5 Pro narxi ham 100 dollarga oshib, 899,99 dollarni tashkil etadi. PlayStation Portal Remote Player portativ qurilmasi esa 249,99 dollargacha qimmatlashadi.

Kompaniya narxlar oshishini jahon iqtisodiyotidagi davom etayotgan bosim bilan izohladi.

— Biz narxlarning oʻzgarishi hamjamiyatimizga taʼsir qilishini tushunamiz va sinchkovlik bilan oʻtkazilgan tahlillardan soʻng, butun dunyo boʻylab oʻyinchilarga innovatsion va yuqori sifatli oʻyin imkoniyatlarini taqdim etishda davom etish uchun bu zarur qadam degan xulosaga keldik, — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер