Piyoz yetishtirishda 150 tonnagacha xosil bilan yangi rekord oʻrnatildi
Bugungi kunda dunyoda 4.5 million gektar maydonga piyoz ekilishi natijasida 92,1 million tonna mahsulot yetishtirilmoqda. Oʻrtacha hosildorlik esa, gektaridan 19,3 tonnani tashkil etmoqda. Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi Axborot xizmati maʼlum qildi.
Jizzax viloyati, Zomin tumani, Chorvador QFY hududidagi “Jilgʻalisoy shabadasi” fermer xoʻjaligi rahbari Baxtiyor Mirzayev joriy yilda tik quduq qazib, oʻz dalalariga tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy etish natijasida, fermer xoʻjaligi dalalarida oʻzi yetishtirgan mahalliy piyoz urugʻlarini ekib, rekord darajada piyoz yetishtirishga erishdi. Hosil, har gektar maydondan 150 tonnani tashkil etib, bu borada yangi REKORD oʻrnatildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring