Pilla yetishtirishda toʻliq bir mavsum ishlash pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga oʻtadi
Foto: Arxiv surat
Pilla yetishtirish bilan bogʻliq quyidagi ishlarda toʻliq bir mavsum ishlash pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga oʻtadi:
— tut urugʻi tayyorlash;
— tut nihollari va tut koʻchatlari yetishtirish;
— tut ipak qurti urugʻlarini inkubatoriyalarda jonlantirish;
— tut ipak qurti parvarishlash;
— tirik va quruq pillani saralash;
— tirik pillani quritish;
— pillani qoʻl kuchi yordamida tashish;
— pilladan namunalar olish (laboratoriyada saralash uchun);
— urugʻchilik korxonalarida kapalaklarni jinslarga ajratish;
— tut ipak qurti urugʻlarini mikrotahlildan oʻtkazish;
— tut ipak qurti urugʻlariga ishlov berish;
— tut ipak qurti urugʻlarini qishlash davridagi ishlar;
— tut ipak qurti urugʻlarini qadoqlash va yorliqlash.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring