Peshkuda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash uchun 39 mln mln dollar sarflanadi

16:02 06 Aprel 2023 Jamiyat
1099 0

Foto: Xalq so'zi

Buxoro viloyatining chekka tumanlaridan sanalgan Peshkuda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Bundan bir yarim yilcha muqaddam Peshko‘ va unga qo‘shni Romitan tumanlarining olis hududida yashovchi aholini markazlashgan sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida qiymati 70 milliard so‘mga  teng “Zarafshon-Poyjo‘y-Qoqishtuvon” bosh suv tarmog‘ini qurilish ishlari poyoniga yetgan va 41 ming aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash manbasi yaratilgandi.

Endilikda esa, Peshkuda yana bir yirik loyihani ro‘yobga chiqarish taraddudi boshlandi. Gap ichimlik suvi tizimini rekonstruksiya va modernizasiya qilishga oid loyiha haqida bormoqda. Unga muvofiq, Osiyo infratuzilma investisiyalari banki ishtirokida 39 million AQSH dollari miqdorida qurilish – montaj ishlari amalga oshiriladi. “Xo‘ja Peshku”, “Dedaroz”, “Susana”, “Kudrasheyx”, “Qumqo‘rg‘on” suv inshootlari zamonaviy texnologik liniyalar bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, 421 kilometr masofaga suv tarmoqlari tortiladi. Natijada tumanning eng chekka qishloqlari aholisi ham toza ob – hayotdan bahramand bo‘ladi.Bu yumushlar respublika Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 12 avgustdagi Buxoro viloyatining ichimlik suvi ta’minoti va kanalizasiya tizimlarini rivojlantirish, modernizasiya qilishga qaratilgan qarori asosida bajariladi.Tuman hokimligida o‘tkazilgan jamoatchilik eshituvida mazkur loyiha haqida atroflicha ma’lumot berilib, ko‘plab masalalarga oydinlik kiritildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, Osiyo infratuzilma investisiyalari banki (AIIB) ajratgan kreditlar vositasida Buxoro viloyatida aholini toza ichimlik suv bilan ta’minlash darajasi 90 foizni, kanalizasiya bilan qamrab olish esa 70 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Istam IBROHIMOV, “Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер