Pentagon rahbari Eronga qarshi eng shiddatli zarbalar berilishini eʼlon qildi

21:05 10 Mart 2026 Dunyo
632 0

Seshanba kuni (10-mart) AQSH va Isroilning Eronga qarshi amaliyoti doirasida eng shiddatli zarbalar beriladi. Bu haqda Pentagon rahbari Pit Xegset maʼlum qildi, uning soʻzlarini TASS agentligi keltirmoqda.

“Bugun biz Eron hududi boʻylab yana eng shiddatli zarbalarni beramiz: eng koʻp miqdordagi qiruvchilar, bombardimonchilar va zarbalar; razvedka maʼlumotlari esa yanada aniqroq va yaxshiroq”, — deb taʼkidladi u.

Xegsetning bildirishicha, AQSH harbiylari oʻtgan sutka davomida Eron tomonidan yoʻllangan raketa zarbalari soni amerika-isroil operatsiyasi boshlanganidan beri eng kam miqdorda boʻlganini qayd etishgan.

Pentagon rahbari, shuningdek, Hoʻrmuz boʻgʻozi orqali tankerlar va boshqa kemalarni kuzatib borish (konvoy) boʻyicha operatsiyalar oʻtkazish zarurati tugʻilgan taqdirda ham, AQSH Eronga qarshi harbiy harakatlar koʻlamini kengaytirishni rejalashtirmayotganini urgʻuladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер