Pekin Tayvan birlashish uchun harakat qilishini maʼlum qildi

00:11 14 Yanvar 2024 Dunyo
583 0

Illyustrativ foto

Pekin Tayvan bilan munosabatlarni tinch yoʻl bilan rivojlantirish va qayta birlashish niyatida.

Xitoy Tayvan bilan munosabatlarni tinch yoʻl bilan rivojlantirishga va vatanni birlashtirishga niyatida. Bu fikrlarni Xitoy Davlat kengashining Tayvan ishlari boʻyicha boshqarmasi rasmiy vakili Chen Binxua aytib oʻtdi.

“Biz Tayvan boʻgʻozining ikki tomoni oʻrtasidagi munosabatlarni tinch yoʻl bilan rivojlantirishga koʻmaklashamiz va ona vatanni birlashtirish yoʻlidagi buyuk ishni ilgari suramiz”, — dedi Chen Binxua oroldagi saylov natijalarini sharhlar ekan.

Tayvanda shanba kuni maʼmuriyat rahbari va parlamenti — Yuan uchun saylovlar boʻlib oʻtdi. Markaziy saylov komissiyasi maʼlumotlariga koʻra, saylovchilarning 69,8 foizi ishtirok etgan. 19,5 million kishi ovoz berish huquqiga ega edi, orol boʻylab jami 17 795 ta saylov uchastkasi tashkil etildi.

Orol maʼmuriyatining navbatdagi rahbari 40,05 foiz ovoz bilan Tayvan mustaqilligi tarafdori Demokratik taraqqiyot partiyasi raisi Lay Sinde boʻldi. Ikkinchi oʻrinni muxolifatdagi Gomindan partiyasidan nomzod Xou Yui (33,4 foiz) egalladi. Tayvan Xalq partiyasi raisi, Pekin va Qoʻshma Shtatlar bilan aloqalarga tayyor boʻlgan Ko Venchje 26,45 foiz bilan uchinchi boʻldi.

Saylov gʻolibining inauguratsiyasi 2024-yilning 20-may sanasiga belgilangan.

Shu bilan birga, shanba kuni boʻlib oʻtgan saylov natijalariga koʻra Demokratik taraqqiyot partiyasi Yuanda 11 oʻrinni boy berdi. U parlamentda 51, muxolifat, Gomindan partiyasi 52, Tayvan Xalq partiyasi esa 8 oʻringa ega boʻldi.

Bundan tashqari, 2004-yildan beri birinchi marta hech bir partiya parlamentda ustunlikka erisha olmadi, buning uchun kamida 57 oʻrin ega boʻlish zarur edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер