Pedagogning maqomi yanada oshiriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi. Dastlab majlisda deputatlar “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqyaptilar.
Qonun loyihasini ikkinchi oʻqishga tayyorlash jarayonida siyosiy partiyalar fraksiyalari majlislarida, Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining yigʻishlarida tegishli vazirlik-idoralar vakillari, soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tomonidan moddama-modda koʻrildi, takomillashtirildi va qator muhim oʻzgartirishlar kiritilib, maromiga yetkazildi.
Qonun loyihasida pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, ular faoliyatining asosiy kafolatlari, ularning mehnatiga yarasha haq toʻlash, ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring