Pedagog kadrlarning attestatsiya natijalari eʼlon qilindi
Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari pedagoglarining attestatsiya natijalari eʼlon qilindi. Bu haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, shu yilning 16-dekabr kuni “pedagog.edu.uz” sayti orqali hujjat topshirgan oʻrta maxsus (akademik litsey) va kasbiy taʼlim muassasalarining 4 ming 165 nafar pedagog kadri attestatsiyadan oʻtkazilgan.
Test sinovlari natijalari “pedagog.edu.uz” sayti pedagog kadrlarning shaxsiy kabinetlarida eʼlon qilingan.
Imtiyoz qoʻllaniladigan sertifikatlarga ega oʻqituvchilar roʻyxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring