Payariqda yangi ijtimoiy soha obyektlari foydalanishga topshirildi

17:44 23 Noyabr 2023 Jamiyat
216 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Mamlakatimizda sogʻliqni saqlash sohasini tubdan takomillashtirish, tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, sohaga yangi boshqaruv usullarini joriy etish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Payariq tumanida ham bu borada sezilarli ijobiy ishlar amalga oshirilyapti. Xususan, kuni kecha 2023-yilgi “Tashabbusli byudjet” loyihasining 1-mavsumida gʻolib tashabbuslar qatoridan joy olgan Chelak koʻp tarmoqli poliklinikasining binosi toʻliq taʼmirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi. Endilikda 30 mingga yaqin aholiga xizmat koʻrsatadigan mazkur tibbiyot muassasasida bemorlar va shifokorlar uchun zarur barcha qulayliklar yaratildi.

Shuningdek, tumanning “Oʻzbekiston” mahallasida ham yangi oilaviy shifokorlik punkti foydalanishga topshirildi. Davlat dasturi doirasida qurib bitkazilgan, 9 ming nafarga yaqin aholiga tibbiy xizmat koʻrsatadigan yangi bino bugun barcha qulayliklarga ega, zamonaviy uskunalar bilan taʼminlangan tibbiyot maskanlaridan biriga aylandi.

Tumanning Bunyodkor mahallasida esa ikkita 5 qavatli boʻlgan uy-joylar qurib bitkazildi. 72 xonadondan iborat ushbu koʻp qavatli uylar qurilishi “Azimxon texno stroy” xususiy korxonasi tomonidan amalga oshirildi.

Mazkur yangi obyektlarning ochilish marosimlarida tuman hokimligi, sektor rahbarlari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirlarda soʻz olganlar yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar inson qadrini ulugʻlashga qaratilganligini alohida taʼkidlab oʻtishdi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер