“Payariq klaster” MCHJ yangi texnika olib keldi
Samarqand viloyati Payariq tumanidagi mazkur paxta-toʻqimachilik klasteri tomonidan keltirilgan 4,5 milliard soʻmlik 15 ta yangi qishloq xoʻjalik texnikasi jamiyat texnika parkini yangilash yoʻlidagi dastlabki muhim qadam sifatida eʼtirof etildi. Bosqichma-bosqich barcha texnikalarni zamonaviylariga almashtirish, sohaning mexanizatsiya darajasini oshirish, yetishtirilgan hosilni chuqur qayta ishlashni yoʻlga qoʻyish asosiy maqsad sifatida belgilangan.
Yangi chopiq traktorlari 15 nafar haydovchi-mutaxassisga biriktirildi va yonlariga yoshlarni olib, oʻzlariga shogird tayyorlash vazifasi qoʻyildi.
Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring