Pavel Durov WhatsApp shifrlanishini tarixdagi eng yirik firibgarlik deb atadi
Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov WhatsAppʼdagi shifrlanishni “isteʼmolchilarni aldash boʻyicha tarixdagi eng yirik holat” deb atadi. Tegishli post u oʻzining kanalida eʼlon qildi.
“Oʻz bayonotlariga qaramay, ilova foydalanuvchilarning xabarlarini oʻqiydi va ularni uchinchi shaxslarga topshiradi. Telegram hech qachon bunday qilmagan va qilmaydi ham”, — deb yozdi u va WhatsApp milliardlab foydalanuvchilarini chalgʻitayotganini qoʻshimcha qildi.
Durov oʻz postiga Meta Platforms kompaniyasiga qarshi daʼvo arizasi va kompaniyani shaxsiy xabarlarni saqlash hamda ulardan foydalanish imkoniyatiga ega ekanligida ayblovchi OAV materialining skrinshotini ilova qilgan. 2026-yil yanvar oyida xalqaro daʼvogarlar guruhi Amerika kompaniyasini sudga bergan edi.

Daʼvogarlarning taʼkidlashicha, WhatsApp va uning bosh kompaniyasi messenjer foydalanuvchilarining “deyarli barcha shaxsiy xabarlarini saqlaydi, tahlil qiladi va ulardan foydalanish imkoniyatiga ega”.
Durov ilova qilgan skrinshotda aytilishicha, maxsus “orqa eshik” (backdoor) yordamida kompaniya xodimlari yoki uchinchi tomon pudratchilari oxirigacha shifrlash (end-to-end encryption) tizimini chetlab oʻtishlari va foydalanuvchilarning shaxsiy yozishmalarini koʻrishlari mumkin.
Qayd etish joizki, Pavel Durov bir necha yildan beri WhatsAppʼni tanqid qilib keladi. U ushbu messenjer kuzatuv vositasi boʻlib xizmat qilishini taʼkidlab keladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring