Past kuchlanishli va elektr uzatish tarmoqlarda modernizatsiya, rekonstruksiya qilish hamda yangidan qurish holati oʻrganildi

15:18 29 Dekabr 2023 Jamiyat
915 0

Joriy yil yakuniga koʻra Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan energetika obyektlarida elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash jarayonida elektr qurilmalarining texnik holati hamda ularni ishlatishda xavfsizlikni taʼminlanishi boʻyicha doimiy nazorat ishlarini olib bormoqda. Xususan:

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ korxonalari tomonidan rejaga asosan mukammal taʼmirlanishi lozim boʻlgan 97 ta 35-110 kVli transformator, 10 ming 157 ta 6-10/0,4 kVli transformator punkti, 414 ta 35-110 kVli oʻchirgichlar hamda 29 556,2 km uzunlikdagi 0,4-110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida taʼmirlash oʻtkazildi.

Shuningdek, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida hududlardagi past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangidan qurish boʻyicha tuzilgan dasturlarga koʻra 665 ta 6-10/0,4 kV transformator punkti hamda 2 549,9 km uzunlikdagi 0,4-10 kVli elektr uzatish tarmoqlarida modernizatsiya, rekonstruksiya qilish va yangidan qurish ishlar bajarilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер