Partiya Germaniyani Yevropa Ittifoqidan chiqishga chaqirmoqda
“Germaniya uchun alternativ” partiyasi delegatlari Drezden shahrida oʻtkazilgan kongress paytida mamlakatni Yevropa Ittifoqidan chiqishga chaqirgan. Bu haqda “DPA” agentligi xabar bermoqda.
“Bizning fikrimizcha, Germaniya, albatta, Yevropa Ittifoqidan chiqishi kerak va umumiy manfaatlarni koʻzlab yangi Yevropa iqtisodiy hamjamiyatini yaratish kerak”, deyiladi kongress qarorida. “Dexit” deya nomlangan ushbu qaror 550 nafar delegat qoʻllab-quvvatlagan.
Partiyaning hamraisi Yorg Moyten esa ushbu pozitsiyaga qarshi chiqqan.
Bundan tashqari, boshqa partiyalar vakillari ham ushbu bayonotni tanqid qildilar. Xususan, “Erkin demokratik partiya”dan Bundestag deputati Aleksandr Lambsdorff “Germaniya uchun alternativ”ni “ahmoqona millatchilikda” aybladi. Uning fikriga koʻra, Germaniyaning YEIdan chiqishi Yevropa Ittifoqi va ichki bozor uchun oxiri boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring