Parlamentda deputatlar mushtlashib ketishdi(video)
Turkiya parlamentining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. U Suriyaning Idlib shahridagi vaziyatga bagʻishlandi. Ushbu majlisda deputatlar urushib ketishgan. Mushtlashuvni Respublika xalq partiyasi(RXP) aʼzosi Engin Ozkoch boshladi. U Suriyada turk harbiylari halok boʻlishi bilan bogʻliq fojeadan kelib chiqib mamlakat prezidenti shaʼniga nomaqbul gaplarni gapirgan. Shundan soʻng tribunaga Adolat va taraqqiyot partiyasi(ATP) vakillari yugurib chiqishgan va janjal boshlangan.
— RXP rahbari oʻrinbosari bizning prezident va oliy bosh qoʻmondonimizni haqorat qildi, u ochiq sud qilinadi. U qonun oldida javob beradi, — dedi ATP liderlaridan biri Numan Kurtmish.
Shundan soʻng mahalliy ommaviy axborot vositalari Ozkochning soʻzlari boʻyicha tekshiruv boshlanganini maʼlum qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring