Para oʻq otish: Merganlarimiz Fransiyaga yoʻl oldi

10:36 05 Iyun 2022 Sport
700 0

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 4-13-iyun kunlari Fransiyaning Shatoru shahrida para oʻq otish boʻyicha Jahon kubogi boʻlib oʻtadi.

Ushbu musobaqada yurtimiz sharafini ikki nafar hamyurtimiz - Server Ibragimov hamda Maxmudaxon Sobirova himoya qiladi. Kecha terma jamoamiz aʼzolari ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etish uchun Fransiyaga joʻnab ketdi.

Qayd etish lozimki, ushbu Jahon kubogi 2024-yil Parijda boʻlib oʻtadigan yozgi Paralimpiya oʻyinlariga muhim reyting ochkolari berishi bilan yanada ahamiyatlidir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер