Panjob universitetlarida Qurʼon darsi majburiy boʻldi
Pokistonning Panjob viloyati universitetlarida barcha talabalar uchun Qurʼoni karim maʼnolarini oʻrganish majburiy boʻldi.
Bu boradagi qarorni viloyat hokimi Chaudri Muhammad Sarvar qabul qilgan. Qarorga binoan universitet talabalari Qurʼoni karim maʼnolarining urducha tarjimasini oʻrganishi zarur,
Qurʼon darsidan oʻtolmaganlarga esa oliy taʼlim haqidagi diplom berilmaydi. Universitetlar oʻz ixtiyoriga koʻra talabaning Qurʼon darsidan olgan bilimiga ball berishi yoki shunchaki “oʻtdi-oʻtmadi” deb baholashi mumkin.
Musulmon boʻlmagan talabalar bu darsdan ozod etiladi, ammo ular etika darsini olishlari mumkin.
Chaudrti Muhammad Sarvarning soʻzlariga koʻra, qarorni barcha universitetlarning rektorlari bir ovozdan maʼqullagan. Shuningdek, hokim bu dunyoda va undan keyin muvaffaqiyatga erishishning garovi Qurʼoni karim taʼlimotlariga toʻgʻri amal qilish ekanini taʼkidladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring